Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu agar Xalqaro jinoiy sud Isroil hukumati a’zolarini hibsga olishga order chiqarsa, bu “tarixiy miqyosdagi janjal”ga sabab bo’lishini aytdi.
AQSh Vakillar palatasida yaqinda taklif qilingan qonun loyihasi Xitoy hukumatiga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni ko'zlaydi. Maqsad - uyg'ur xalqini himoya qilish va buning uchun joriy etilgan choralarni kuchaytirish.
Isroil Moliya vaziri Bezalel Smotrich hamda Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bayonot chiqarib, Netanyaxuni Rafah amaliyotidan voz kechmaslikka chaqirdi.
Blinken Riyodda Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari ning tashqi ishlar vazirlari bilan ko’rishib, mojarodan keyingi G’azoni boshqarish, sektorni qayta qurish haqida fikr almashgan.
Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi ikki mamlakat o’rtasidagi tushunmovchiliklar va noto’g’ri hisoblar xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini tan olarkan, aloqa kanallarini ochiq tutishga kelishib oldi.
Bayden qonunni imzolashi bilan Pentagon Ukrainaga darhol bir milliard dollarlik qurollar yuborilishi haqida e’lon qildi. Artilleriya snaryadlari, HIMARS raketa uchirgichlari uchun o’q-dori, tankka qarshi qurollar, zirhli texnika shular jumlasidan.
AQSh Kongressi uzoq tortishuvlar ortidan Ukraina, Isroil va Tayvan kabi davlatlarga yordam yetkazish to’g’risidagi qonun loyihalarini qabul qildi. Xorijiy yordamning umumiy qiymati 95 milliard dollarga teng.
Hindistonda parlament saylovi davom etar ekan, hukumat rahbari tinimsiz millatchilikda tanqid qilinmoqda. 1,4 milliardlik aholining 80 foizi hindular, 14 foizi musulmonlar.
95 milliard dollarlik hujjatda 60 milliard dollar Ukrainaga, 26 milliard dollar Isroilga hamda G’azoda gumanitar yordam uchun ajratilgan.
Ukraina uchun 2024-yildagi asosiy maqsad front chizig’ini ushlab qolish, ammo vaziyat hozirgidek davom etsa bu imkonsiz.
Uchinchi yil davom etayotgan urushda Ukraina bor kuchi bilan kamayib borayotgan askarlari sonini ko’paytirish harakatida. Rossiya harbiylari bilan solishtirganda Ukraina fronti tarkibi biroz ayanchli.
Yaqin Sharqda nizolar avj olar ekan, AQSh saylovchilari prezidentlikka nomzodlardan kim Isroilni kuchliroq dastaklashiga e’tibor qaratmoqda.
Ko'proq...